Biz haqimizda
Mukammallikka intilish – bilan ilhomlanganmiz.

Office

NEST ONE TOWER
1a-4 Islam Karimov Street, Block C
14 Floor, Office 116
100027 Tashkent
Uzbekistan

+998 78 150 6221

Map and directions

Mukammallikka intilish – bilan ilhomlanganmiz.

Kinstellar Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubi-Sharqiy Yevropa va O’rta Osiyodagi yetakchi investorlar uchun ishonchli yuridik maslahatchi bo‘lib xizmat qiladi. Ishga vijdonan yondashuv, halollik, shaffoflik firmamizning nufuzini belgilaydi, xizmat ko‘rsatish sifatimizni kafolatlaydi.

12 ta yurisdiksiyadagi ofislarimiz (Avstriya, Bolgariya, Chexiya, Xorvatiya, Qozog'iston, Vengriya, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina va O‘zbekiston) va 300 dan ortiq mahalliy va xalqaro yuristlardan iborat jamoamiz bilan biz turli mintaqaviy bozorlarda izchil va kompleks huquqiy ko‘mak ko‘rsatamiz – sizning manfaatlaringizni himoya qilish va iqtisodiy xavf-xatarlarni oldini olish uchun chuqur bilim va tajribani uyg'unlashtiramiz.

Bizning mijozlarimiz – yetakchi xalqaro va mintaqaviy korporatsiyalar, banklar,moliya institutlari, davlat organlari, ko‘p tarmoqli tashkilotlar, xalqaro yuridik firmalar va, ularning mijozlaridan iborat bo‘lib, ular bizning yurisdiksiyalarimizda eng yuqori darajadagi huquqiy yordamga muhtoj. Biz turli sohalar va iqtisodiyot sektorlaridagi mijozlar uchun eng muhim va murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz.

Sektorlar

Xizmatlar

Bizning ofislarimiz joylashgan manzillar haqida ko‘proq ma’lumot oling.

Birga - o‘zgachamiz.

Barcha yuridik firmalar bir xil emas. Kinstellar Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubi-Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bozorlarida bir nechta asosiy yo‘nalishlarda ajralib turadi:

Bizning mutaxassislarimiz mijozlar uchun benuqson va yuqori sifatli xizmatni taqdim etishning umumiy maqsadi bilan chegaralar va amaliyot yo‘nalishlari bo’‘yicha kuchlarni birlashtirish orqali birgalikda ishlaydi. JAMOAVIY ISH – natijaga olib keladi. Kinstellar korporativ madaniyati mehnatsevarlikka, tezkorlikka, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga va yuqori professionallikka asoslangan.

Kinstellar Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy-Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 12 asosiy bozordagi vakilliklari hamda mintaqadagi ishonchli sheriklar tarmog'i orqali mijozlarga yagona xizmat standartini va keng ko‘lamli MINTAQAVIY QAMROVni taklif etadi.

Kinstellarning SIFATGA SADOQATI bozorlarimizda tengsiz. Biz sifat haqida faqat gapirmaymiz – uni har kuni yaratamiz, mutaxassislarimizning barcha darajalarda o‘qishi va rivojlanishiga sarmoya kiritamiz. Bizning sifat sohasidagi obro‘yimiz yurisdiktsiyalarimizdagi eng yaxshi mutaxassislarni jalb qiladi.

Hududiy bozorga yo‘naltirilgan va XALQARO uslub egasi Kinstellar 2008 - yildan beri to‘liq mustaqil firma sifatida faoliyat yuritib, o‘zining yigirma yildan ortiq tarixini Britaniyaning «Magic Circle» firmasida to‘plangan boy tajriba bilan mustahkamlagan. Biz yetakchi xalqaro yuridik firmalar mijozlari nimani kutishini bilamiz va shuni ta'minlay olamiz.

Firmamiz madaniyati va mijozlarga xizmat ko‘rsatish yondashuvining ajralmas qismi – bu bizning kuchli TADBIRKORLIK YO‘NALTIRILGANLIGIMIZ dir. Biz uchun huquqiy ekspertiza – maqsad emas, balki strategik qarorlar qabul qilish vositasi. Biz beradigan bozorga yo‘naltirilgan jo‘yali tavsiyalar beramiz, sizning biznes maqsadlaringizga erishishga yordam beradi.

Yigirma sakkiz soha va amaliyot doirasida ish olib borish orqali Kinstellar o‘zining yurisdiksiyalarida kam uchraydigan EKSPERTIZA darajasini taklif etadi. Bizning xalqaro va mahalliy huquqiy, me’yoriy hamda tijorat masalalariga chuqur bilimimiz sizga samarali va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

Biz yashaydigan va ishlaydigan jamoalarga QO‘SHGAN HISSA jamiyat uchun uzoq muddatli foyda keltirishiga ishonamiz. Bizning korporativ javobgarlik dasturimiz ijtimoiy va iqtisodiy izolyatsiyaga qarshi kurashish uchun bepul yuridik yordam, volontyorlik, xayriya va homiylikni o‘z ichiga oladi.

Hech qanday aylanma yo‘llar yoki murosalar yo‘q – biz uchun HALOLLIK va BENUQSON OBRO‘ birinchi o‘rinda turadi. Eng yuqori etika standartlari firmamizning asosiy poydevori bo‘lib hisoblanadi. Kinstellar – xavf-xatarlarni boshqarish va komplayens bo‘yicha maxsus jamoasi hamda to‘liq korrupsiyaga qarshi dasturi mavjud bo‘lgan yagona mintaqaviy yuridik firma.